Afg‘oniston armiyasining mamlakat sharqida, Nangarxar viloyatidagi maxsus operatsiyasi davomida dala qo‘mondoni va besh nafar jangari o‘ldirildi. Jangarilar IShIDni qo‘llab-quvvatlovchi terrorchi guruhga mansub bo‘lgan. Bu haqda Afg‘oniston mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Vazirlik viloyatning Kot tumanida bir necha kundan beri tozalash tadbirlarini o‘tkazmoqda. Oldinroq mazkur hududda 11 nafar jangari yo‘q qilingan, 14 nafari yaralangandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)