O‘zbekiston-Estoniya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi 8–9-iyun kunlari Tallin shahrida bo‘lib o‘tdi. Estoniya Respublikasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirligining siyosiy masalalar bo‘yicha vitse-kansleri Kyullike Sillaste-Elling boshchilik qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
O‘zbekiston-Yevroittifoq shaklidagi, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni o‘z ichiga olgan ikki tomonlama munosabatlar majmui yuzasidan batafsil muloqot bo‘lib o‘tdi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari batafsil muhokama qilindi. O‘zbekiston va Estoniya uchun ustuvor hisoblanadigan sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun ikkala tomonda ham ulkan salohiyat borligini nazarda tutgan holda ko‘p sohalardagi aloqalarni oshirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.
Maslahatlashuvlar davomida hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tallin shahiga tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Estoniya tashqi ishlar vaziri Marina Kalyurand bilan uchrashuv hamda Sayohat va turizm assotsiyatsiyasida muzokaralar o‘tkazdi.
Izoh (0)