AQShning Texas shtati Xyuston shahri tashqarisida Nyu-Yorkda 2001-yil 11-sentabr teraktlarida jabrlanganlarni qutqarishda yordam bergan xizmat itlarining so‘nggisi vafot etdi, deb yozadi “TASS”. Braytni laqabli tillarang ritriver zotidagi kuchuk 16 yoshida veterinariya klinikasida zaharlab o‘ldirildi.
Itni kinolog Deniz Korliss bilan birga guruh tarkibida Texasdan Nyu-Yorkning Manxetten tumaniga xarobalar ostidagi odamlarni qutqarish uchun yuborishganida, u ikki yoshda bo‘lgan. Braytni instruktor bilan birga o‘n kecha-yu kunduz to‘liq ishlagan.
Retriverni 9 yoshida “faxriy pensiya”ga chiqarishgan. 15 yoshligida itni egasi Nyu-Yorkdagi fojia munosabati bilan tashkil qilingan marosimga olib kelgan edi.
Izoh (0)