Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasi janubidagi tog‘li hududda bortida uch kishi bo‘lgan kichik samolyot g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bir motorli samolyot bilan aloqa 5-iyun, yakshanba kuni kechki payt yo‘qoldi. Provinsiya qutqaruv markazi vakili Gregori Klarkga ko‘ra, havo kemasi Vankuver shimolidagi Indian Arm fiordi hududida radarlardan g‘oyib bo‘lgan.
Vertolyotlar va qutqaruvchilar guruhlari safarbar etilgan qidiruv ishlari hozircha natija bermadi.
Izoh (0)