Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida uyushtirilgan teraktlar oqibatida qurbon bo‘lgan fuqarolar soni yana ko‘paydi — jabrlanganlardan biri shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Shu tariqa, qurbonlar soni yetti kishini tashkil qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Viloyat hokimiyati matbuot xizmati agentlikka halok bo‘lganlar ro‘yxatini taqdim etdi. Bular:
Maksimenko Andrey Vladimirovich, 1972-yil;
Onishchenko Nikolay Aleksandrovich, 1947-yil, Rossiyada tug‘ilib o‘sgan;
Tajibayev Merxan Yesenbayevich, 1983-yil;
Matrosov Mixail Vitalyevich, 1981-yil;
Sapar Dasbol Yerkimbekuli, 1997-yil;
Maylibayev Daniel Akarisovich, 1975-yil;
Qaliyev Berik Yerlanovich, 1978-yil.
Izoh (0)