Rossiya og‘ir atletika federatsiyasi Aksildoping qo‘mitasi qarorlari asosida olti shtangachini diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda, Rossiyaning RUSADA aksildoping agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Jazoga sabab sifatida aksildoping qoidalarining buzilishi ko‘rsatildi.
Og‘ir atletikachilarga quyidagicha jazolar belgilandi: Larisa Kobeleva 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi, Yegor Ivanov va Amina Masxadova qoidalarni qayta buzganliklari bois 8 yildan muddat oldi, Kseniya Kolomiyets va Anton Kotlyarovga 4 yildan belgilandi, Nadejda Ovchinnikova esa 2 yilga chetlashtirildi.