Afg‘oniston shimoli-sharqida joylashgan Qunduz shahri tashqarisida “Tolibon” ekstremistik harakati jangarilari tomonidan qo‘lga olingan 192 kishidan 100 nafari ozod qilindi, sakkiz nafari halok bo‘ldi. Bu haqda Qunduz provinsiyasi kengashi raisi Yusuf Ayubiy jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, yana 84 kishi garovda qolmoqda. Asirlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarga xalq oqsoqollari ham jalb etilgan.
Ayubiyning eslatishicha, avtobuslar yo‘lovchilari 31-may, seshanba kuni Qunduz provinsiyasining Aliobod uyezdi hududidagi Baglan—Qunduz avtotrassasida garovga olingan edi. Afg‘oniston OAVlariga ko‘ra, toliblar kamida uchta avtobus va o‘nta mashina yo‘lovchilarini qo‘lga olgan.
Izoh (0)