Ayollar o‘rtasida O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Sabina Sharipova Andjion shahrida yakuniga yetib borayotgan, mukofot jamg‘armasi 25 ming dollarga teng Andijan International tennis turnirining yakkalik va juftlik bahslarida finalga chiqdi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, 21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi yarim finalda hindistonlik Ankita Rainaga qarshi bahs olib bordi. Qariyb ikki soat davom etgan bellashuvda 6:2, 3:6, 6:2 hisobi qayd etilib, Sharipova foydasiga hal bo‘ldi. Bosh sovrin uchun kechadigan bahsda Sabina rossiyalik Veronika Kudermetovaga qarshi kortga chiqadi.
“Sports.uz”ning xabar berishicha, rossiyalik Viktoriya Kan bilan tandem hosil qilgan O‘zbekiston vakilasi juftliklar bahsi yarim finalda uchinchi raqamda saralangan rossiyalik Margarita Lazereva va ukrainalik Valeriya Straxovani 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etib, finalga chiqdi.
Juftliklar bahsining hal qiluvchi o‘yinida Sharipova/Kan tandemi chexiyalik Barbora Stefkova va ukrainalik Anastasiya Vasilyevaga duetiga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)