Qirg‘iziston parlamenti deputatlari Fuqarolik protsessual kodeksiga tuzatishlar kiritish va “Ekstremistik faoliyatga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ma’qulladi. Ular ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi choralarni kuchaytirishni ko‘zda tutadi. Bu haqda, respublika qonunchilik organi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi va internetda ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini o‘z ichiga oluvchi materiallar joylashtirilgan saytlarni zudlik bilan bloklab qo‘yishni ko‘zda tutadi.
Deputatlar tomonidan ma’qullangan o‘zgartirishlar bu kabi saytlarni bloklash haqidagi prokuratura organlari ko‘rsatmalarini sudlar tomonidan ko‘rib chiqish muddatini uch—besh kungacha qisqartirish imkonini beradi. Shu paytgacha buning uchun bir necha hafta yoki oylar kerak bo‘lar edi.
Tuzatishlar respublika prezidenti tomonidan ma’qullangandan keyin rasman kuchga kiradi.
Izoh (0)