Falastin hukumati rahbari Rami Hamdullo Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Parijdagi ko‘p tomonli konferensiyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara olib borish taklifini rad etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Fransiya bosh vaziri, Yaqin Sharqdagi vaziyatni izga tushirish bo‘yicha xalqaro konferensiya tashabbuskori Manuel Vals bilan uchrashuv chog‘ida Netanyaxu undan yana bir bor Mahmud Abbos bilan yuzma-yuz muzokaralar o‘tkazishda yordam so‘ragan edi. Ammo Hamdullo Vals bilan uchrashuv arafasida bu taklifga qo‘shilmasligini bildirdi.
“Netanyaxu vaqtdan yutmoqchi... Bu safar jahon hamjamiyatidan qocha olmaydi”, — deb ta’kidladi u.
Izoh (0)