AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton mamlakat prezidentligiga nomzod va sobiq davlat kotibi, rafiqasi Hillarini milliarder Donald Trampning soliq deklaratsiyasi masalasida qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda, ABC News ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Hillari Klinton daromadi 1 million dollardan ortiq bo‘lgan har bir odam uning kamida 30 foizini soliqlar shaklida to‘lashi lozim deb hisoblaydi”, — dedi Klinton Kaliforniyadagi tadbirda.
Sobiq prezident ularning oilasi oxirgi yigirma yildagi soliqlar haqidagi ma’lumotni chop etganligini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, Oq uyni tark etgandan so‘ng, ular daromadining o‘rtacha 40 foizini budjetga to‘lagan.
“Ko‘pchiligimizdan boyroq ekanligini aytishdan charchamaydigan uning raqibi (Donald Tramp) o‘z deklaratsiyalarini chop etmaydi. Siz uning chindan ham mehnatkashlarning daromadini oshirishni istovchi kuch bo‘la olishiga ishonasizmi?”, — dedi Bill Klinton.
Izoh (0)