Iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan e’lon qilinadigan O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi aprelda 1013 punktni tashkil etib, martga nisbatan 1,3 foizga oshdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Markaz tomonidan mamlakat uchun mazkur o‘lchov joriy etilgan 2015-yil yanvaridan beri indeks 27 foizga oshib, 1266 punktga yetgan (indeksning 1000 dan yuqoriligi faollik o‘sgani, bu ko‘rsatkichdan kami esa pasayishni anglatadi).
Aprelda ishbilarmonlik faolligini oshishi indeksning to‘rt tarkibiy qismi, ya’ni xo‘jalik subyektlari bank operatsiyalari soni oshgani (1,4%), tovar-xomashyo birjasida xomashyo xarid qilinishi ko‘paygani (0,3%), faoliyatdagi xo‘jalik subyektlari komponenti yaxshilangani (0,1%), biznesning savdo belgilariga egalik huquqini himoya qilish va foydalanish faolligi o‘sgani (25%) bilan bog‘liqligi bildirilmoqda.
Izoh (0)