Chili poytaxti Santyagodagi hayvonot bog‘i xodimlari sherlarning volyeriga kirib olgan erkakni qutqarish uchun ikki sherni o‘ldirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, erkak o‘z joniga qasd qilishga uringan.
Hodisa kun o‘rtasida, hayvonot bog‘iga ko‘pchilik tashrif buyurgan paytda yuz bergan. Erkak arqon yordamida volyer to‘sig‘idan o‘tib, kiyimini yechib hayvonlarga yaqinlashgan. Sherlar shu zahoti unga tashlangan.
Hayvonot bog‘i direktori Aleksandra Montalbaning so‘zlariga qaraganda, yirtqichlarni uxlatib qo‘yuvchi vosita tezda topilmaganligi uchun bog‘ xodimlari sherlarni o‘ldirishga majbur bo‘lgan. O‘ldirilgan sherlar hayvonot bog‘ida 20 yildan buyon yashab kelayotgandi.
“Biz yuz bergan hodisadan larzaga keldik, chunki bog‘ jonivorlari oilamizning bir qismidir”, — deb ta’kidladi Montalba.
Sherlarning volyeriga kirib olgan erkak shifoxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)