Pentagon Suriyadagi xatti-harakatlarini Rossiya bilan muvofiqlashtirib borish niyatida emas. Bu haqda, Pentagon vakili Metyu Allenga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
20-may kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 25-maydan e’tiboran AQShga Suriyadagi obyektlarga, shu jumladan, “Jabhat an-Nusra” radikal guruhi pozitsiyalariga birgalikda zarba berish taklif etilishini aytib o‘tdi. Uning taklifiga izoh berarkan, Allen ikki davlat o‘rtasida Suriyadagi ekipajlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolanganini eslatib o‘tdi.
“Biz ruslar bilan hamkorlik qilmayapmiz va harakatlarimizni ular bilan muvofiqlashtirib bormayapmiz”, — deb qo‘shimcha qildi u.
“AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter aytganidek, Rossiyaning operatsiyalari Suriya prezidenti Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlamoqda, u esa ixtilofni yanada olovlantirmoqda. Biz esa butunlay IShIDni zaiflashtirish va yo‘q qilishga diqqat qaratmoqdamiz”, — deb buning sabablarini tushuntirdi harbiy amaldor.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)