Yaponiya poytaxti politsiyasi tezlik rejimini buzuvchilarni quvib yetib olish uchun Nismo atelyesi tomonidan tayyorlangan uchta Nissan 370Z kupelariga ega bo‘ldi. Bu haqda, ishlab chiqaruvchining YouTube’dagi kanalida chop etilgan videorolikka asoslanib, Motor nashri yozmoqda.
Orqa uzatmali kupelarga olti silindrli, 3,7 litrli, 350 ot kuchiga ega benzinli motor o‘rnatilgan. Agregat olti bosqichli mexanik o‘tkazmalar qutisi va yetti diapazonli avtomatik transmissiya bilan uyg‘unlikda ishlaydi.
Nissan 370Z 100 kilometr/soat tezlikka 5,2 sekundda chiqadi. Maksimal tezlik — 250 kilometr/soat.
Tokioda patrul mashinalari sifatida, shuningdek, Subaru Impreza, Mazda RX-7, Mazda RX-8 va Toyota GT86 avtomobillari ham ishlaydi.
Izoh (0)