Qozog‘istonning Chimkent shahrida bir yil muqaddam haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilingan shaxs avtobus bekatida turgan ikki ayol va olti bolani urib ketdi. Buning oqibatida to‘rt yoshli bola halok bo‘ldi, qolgan jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Janubiy Qozog‘iston ichki ishlar departamenti matbuot xizmatiga asoslanib.
Ma’lum bo‘lishicha, Audi-100 haydovchisi 1997-yilda tug‘ilgan o‘smirdir. U tezlikni oshirgani bois boshqaruvni qo‘ldan boy bergani aytilmoqda.
Shifoxonaga yotqizilgan ayollar 1984-yili, besh nafar bola esa 2007, 2009 va 2010-yillarda tug‘ilgan. Ayni paytda ayollar og‘ir ahvolda reanimatsiyada jon talashmoqda.
Voqea yuzasidan sud oldi surishtiruvi boshlab yuborildi, jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Avtomobil haydovchisi vaqtinchalik saqlash izolyatoriga tashlandi.
Izoh (0)