2015-yilda BMT tinchlikparvar kuchlarining 50 davlat vakili bo‘lgan jami 129 nafar xizmatchisi hujumlar, baxtsiz hodisalar va kasalliklar oqibatida olamdan o‘tdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Bu haqda xalqaro tashkilot bosh kotibi Pan Gi Mun BMTning Nyu-Yorkda joylashgan shtab-kvartirasidagi halok bo‘lgan harbiylar memorialiga gulchambar qo‘yish marosimida aytib o‘tdi.
“O‘tgan yilda tinchlikparvar korpusning 50 davlat vakili bo‘lgan 129 xizmatchisi olamdan o‘tdi. Oxirgi 13 yil ichida 12-marotaba bir yil ichida 100 dan ortiq ‘moviy kaskalar’ halok bo‘lishi”, — dedi Pan Gi Mun va ularning xotirasiga bir daqiqa sukut e’lon qildi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tashkilot tinchlikparvar operatsiyalar o‘tkaza boshlagan 1948-yildan buyon jami 3500 harbiy xizmatchi halok bo‘lgan.
Izoh (0)