Venesuela rahbari Nikolas Maduro hukumat ish tashlash doirasida ishlab chiqarishni to‘xtatgan zavodlarni egallab olishi va ularning egalari qamoqqa joylashtirilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
U mamlakat chuqur iqtisodiy inqirozga qarshi turishi uchun ishlab chiqarish vositalarini qayta tiklashi lozimligini ta’kidladi.
13-may, juma kuni u umummilliy favqulodda holat e’lon qilgan edi.
Namoyishchilar prezident iste’fosini talab qilib, Karakasda norozilik namoyishlarini o‘tkazmoqda.
Prezident tomonidan yopilgan zavodlarni egallash tahdidi Venesuelada oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya pivo ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ygandan so‘ng ma’lum qilindi.