AQSh harbiy-havo kuchlarining RC-135V strategik razvedkachi samolyoti 15-may kuni Rossiyaning Kaliningrad viloyati chegarasiga yaqinlashdi. Bu haqda, G‘arbning harbiy samolyotlar harakatini kuzatuvchi aviatsion portallariga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, bort raqami 64-14844, kod nomi ELGIN33 bo‘lgan razvedkachi Buyuk Britaniyadagi aviabazadan uchib chiqqan bo‘lib, ayni paytda Boltiq dengizining janubiy qismida vazifa bajarmoqda. Uni tutib qolish uchun Kaliningrad viloyatidagi aviabazadan Su-27 samolyoti ko‘tarilgani aytilmoqda.
AQSh samolyotining transponderi yoqilgan bo‘lib, uni radarlarda ko‘rish mumkin.
Joriy haftada AQSh samolyotlari Rossiyaning Boltiq dengizidagi chegaralariga beshinchi marta yaqinlashishi.
Izoh (0)