Rossiya prezidentining rasmiy vakili Dmitriy Peskov Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ustidan shikoyat qilgan fuqaro Jalaldinovning uyi yoqib yuborilishi bilan bog‘liq holatga izoh berdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
“Bu fakt, agarda u rostan ham sodir bo‘lgani isbotlansa, albatta huquq-tartibot organlarining tezkor reaksiyasi uchun sabab bo‘lishi lozim”, — deb ta’kidladi Peskov.
Ilgariroq Ramzan Qodirov bu voqea haqiqatan sodir bo‘lganini inkor qilgan edi.
Izoh (0)