13-may, juma kuni Yaltada yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida olti kishi, jumladan, ikki nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
FVVning Qrim boshqarmasi ma’lum qilishicha, yo‘l-transport hodisasi Simferopol—Alushta—Yalta trassasining 707-kilometrida yuz bergan. Daewoo Lanos yengil avtomobili KamAZ bilan to‘qnashib ketgan. YTH oqibatlarini 35 kishi va 13 ta texnika vositasi bartaraf etgan.
Qurbonlarning barchasi Daewoo Lanos avtomobilida ketayotgan edi. Ular orasida 2012 va 2010-yilda tug‘ilgan bolalar ham bo‘lgan.
Izoh (0)