Chexiya chempionatining o‘yinlarida ishlaydigan ikki nafar hakam maydondagi nomaqbul xatti-harakatlari uchun diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Associated Press nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa Chexiya Oliy ligasining “Prshibram” va “Slaviya” (1:3) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida yuz berdi. Mazkur uchrashuvga zaxira hakami sifatida belgilangan Marek Pilniy mast holatda bo‘lgani uchun o‘yin davomida bir necha bor qoqilib, maydon chetiga yiqilgan. Boshqa bir hakam, Irji Jex darvoza ortida kichik hojatini chiqarganligi ko‘ringan.
12-may, payshanba kuni Chexiya futbol assotsiatsiyasi nomaqbul xatti-harakatlarni amalga oshirgan har ikki hakamni noma’lum muddatga diskvalifikatsiya qildi.
Izoh (0)