O‘z vaqtida Oq Uy va Xalqaro kosmik stansiyaga xizmat ko‘rsatgan Pizza Hut kompaniyasi Afrikaning eng baland cho‘qqisi bo‘lmish Kilimanjaro tog‘lariga pitssa yetkazib berdi. Bu haqda, Mashable nashriga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
Aksiya Pizza Hut restoranining yuzinchi mamlakatda ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazildi. Uning doirasida besh nafar alpinist bir necha kun deganda 5,7 kilometr tepalikka ko‘tarildi.
Sayohat mobaynida taom maxsus uskuna yordamida issiqlikda saqlandi. Aksiya Ginnes rekordlar kitobiga dunyodagi eng baland nuqtaga pitssa yetkazilishi sifatida kiritildi.
Izoh (0)