Xitoy janubidagi Guansi-Chjuan muxtor tumanida yuk avtobili ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida sakkiz kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, dehqonlarni tashiyotgan yuk mashinasi hozircha aniqlik kiritilmagan sabablarga ko‘ra ag‘darilib ketgan. Hodisa joyida uch kishi o‘lgan, yana bir kishi kasalxonaga yetkazilayotganda olamdan o‘tgan.
Izoh (0)