Madridning “Real” jamoasi sobiq ustozi Joze Mourinyo Ispaniya soliq qonunchiligini buzganligi uchun mamlakat Moliya vazirligiga 2 million yevro miqdorida jarima to‘lashga majbur bo‘ldi. Bu haqda OK Diario nashriga asoslanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, portugaliyalik mutaxassis 1 million yevroga jarimaga tortildi. Soliqlar vaqtida to‘lanmagani uchun jarima miqdoriga yana 300 ming yevro qo‘shildi. Bundan tashqari, Mourinyo daromad solig‘i o‘rniga imij huquqlari tushumlaridan korporativ soliq stavkasida soliq to‘lagani uchun Ispaniya g‘aznasiga 700 ming yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.
2010–2013-yillar davomida “Real”ni boshqargan Joze Mourinyo jamoani Ispaniya Kubogi (2010/11-yilgi mavsum) va Superkubogi (2012-yil) sohibi hamda mamlakat chempioniga (2011/12) aylantirgan edi.
Izoh (0)