Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiya politsiyasi o‘z joniga qasd qilgan va ushbu jarayonni Periscope orqali translyatsiya qilgan 19 yoshli qiz ishtirokidagi hodisani tekshirishni boshladi, deb yozadi TJournal.

Hodisa sodir bo‘lgan Igli bekati. Foto: TJournal

Hodisa sodir bo‘lgan Igli bekati. Foto: TJournal

Hodisa 10-may kuni kechki beshga yaqin Parijdan 40 km masofada joylashgan Igli temir yo‘l bekatida sodir bo‘ldi. Shu paytda 1997-yilda tug‘ilgan qiz SMS orqali yaqin do‘stlaridan biriga o‘z joniga qasd qilish niyatini oshkor qildi.

Shundan so‘ng qiz Periscope orqali translyatsiyani ishga tushirdi va Arpajon shahridagi qariyalar uyida ishlashini, umidsizlik holatida ekanligini ma’lum qildi.

Ko‘plab tomoshabinlar qizning o‘z hayotiga nuqta qo‘yish istagi haqidagi bayonotini jiddiy qabul qilmadi va unga “Biz kutyapmiz”, “Seni ko‘rganimizdan xursandmiz” yoki “Bu qiziq bo‘ladi, deb o‘ylayman” kabi izohlarni yozdi.

Tez orada qiz translyatsiyani o‘chirmasdan turib, o‘zini poyezd tagiga tashladi. Hodisa aks etgan yozuv Periscope’dan o‘chirilgan, ammo uning bir nechta versiyalari YouTube’da saqlanib qolgan.

Ayni paytda Fransiya politsiyasi voqea yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Politsiya shu paytgacha, hatto, kamera qarshisida nutq so‘zlagan qiz haqiqatan o‘lgan-o‘lmaganligini tasdiqlagani ham yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Tashkent Index’dagi talabalar majburan chiqarib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — vazirlik
Dunyo
Yonib ketgan “Appolon-1” ekipaji, Braziliyada 242 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan tungi klubdagi yong‘in va Moskvada o‘tkazilgan Leninning dafn marosimi. Kun x...
Mahalliy
Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi tiklandi