10-may, seshanba kuni Hind okeanida, Indoneziya va Avstraliya oralig‘ida 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda, Gonkong metereologiya observatoriyasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, tabiiy ofat markazi Avstraliyaning Port-Xedlend shahridan 430 kilometr shimolda, Indoneziyaning Bali orolidan 900 kilometr janubda joylashgan.
Qurbonlar va sunami yuzaga kelish tahdidi borasida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)