Germaniyaning Kyoln shahri sudi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Axel Springer mediaxoldingi bosh direktori Matias Depfnerga qarshi da’vo arizasini ko‘rib chiqishdan bosh tortdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Turkiya yetakchisi 9-may, dushanba kuni da’vo arizasini kiritgan edi.
31-mart kuni teleboshlovchi Yan Bemerman Neo Magazin Royale ko‘rsatuvi efirida Erdo‘g‘on hajv qilingan she’rni o‘qib eshittirgan edi. Turkiya Germaniyadan boshlovchiga qarshi chora ko‘rishni talab qilgandi.
Aprel oyida Depfner Erdo‘g‘onni hajv qilgan she’r muallifiga ochiq xat yo‘llab, unda, jumladan, “Sizning she’ringiz o‘xshabdi. Maza qilib kuldim”, deb ta’kidlagan edi.
Izoh (0)