Londonning “Arsenal” klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Denni Uelbek tizza jarohati tufayli Yevropa chempionatini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda, Goal portaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
25 yoshli sportchi ichki chempionatning “Manchester Siti”ga qarshi kechgan uchrashuvida (2:2) jarohat oldi.
Dastlabki tekshiruvdan so‘ng futbolchining tiklanish muddati 5 oygacha cho‘zilishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Ertaga, 11-may kuni tashxis va sog‘ayish muxlatining tasdiqlanishi kutilmoqda.
Uelbek jarohat tufayli joriy mavsum boshini o‘tkazib yuborib, fevral oyidan e’tiboran maydonga tusha boshlagan edi. Shundan buyon u Angliya chempionatida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol muallifiga aylandi.
Izoh (0)