6-may, juma kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Bolgariya Respublikasining Muvaqqat ishlar vakili Georgi Prodanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari, jumladan, yuqori darajadagi Bolgariya delegatsiyasining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston neft va gazi — OGU–2016” xalqaro konferensiyasida ishtirok etishiga oid amaliy masalalar, bo‘lajak O‘zbekiston—Bolgariya uchrashuvlarining kun tartibi va dasturi yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)