Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi osiyolik iste’molchilar uchun iyunda yetkazib beriladigan neft narxi keskin oshganini e’lon qildi, deb yozadi Forbes.
Arab Light navining rasmiy narxi 1,1 dollarga oshib, o‘tgan yilning aprelidan buyon maksimal darajaga yetdi.
Iyunda Saudiya neftining ushbu asosiy markasi Osiyo bozorida Oman va Dubai navlari qiymatiga nisbatan 25 sentlik qo‘shimcha haq bilan sotiladi, bu o‘tgan yilning sentabridan buyon maksimal narxdir.
Arab Super Light navining rasmiy narxi 1 dollarga, Arab Extra Light’niki — 80 sentga oshirildi. Ushbu o‘ta yengil markalar iyunda 3,95 va 2,6 dollarlik qo‘shimcha haqlar bilan sotiladi.
Izoh (0)