Suriyaning Aleppo provinsiyasida jangovar harakatlarni to‘xtatish haqidagi bitim mintaqadagi keskinlikni kamaytirish imkonini berdi, ammo u yerda hamon o‘t ochishni to‘xtatish rejimining buzilishi holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda Oq uy vakili Jorj Ernest ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
“Biz mamlakatning ushbu hududida zo‘ravonlik namoyon bo‘lishining tezligi va shiddati pasayganini ko‘rdik. Biroq biz hatto ushbu sohada ham ba’zi qonunbuzarliklardan hamon xavotirdamiz”, — dedi Ernest.
Uning aniqlik kiritishicha, Suriyada AQSh yarashuv tomoniga “qat’iy sodiqlik”ni ko‘rmayotgan boshqa hududlar ham bor.
Izoh (0)