Kecha, 5-may kuni futzal bo‘yicha terma jamoalarining yangi reytingi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Unga ko‘ra, 1252 ochkoga ega bo‘lgan Osiyo vitse-chempioni – O‘zbekiston terma jamoasi 20-o‘rinni saqlab qoldi.
Osiyoda qit’asi vakillari orasida O‘zbekiston termasi to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Amaldagi Osiyo chempioni Eron 1626 ochko bilan umumiy reytingda 5-pog‘onadan joy oldi. Yaponiya 1373 ochko bilan 12, Tailand esa 1361 ochko bilan 15-o‘rinni band qilib turibdi.
Dunyo reytingining kuchli uchligidan Braziliya (1919), Ispaniya (1911) va Rossiya (1724) terma jamoalari joy oldi.
Izoh (0)