Madridning “Real” klubi futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi finaliga yo‘llanma oldi. Hal qiluvchi bellashuvda Zinedin Zidan jamoasi Ispaniya poytaxtining boshqa bir jamoasi — “Atletiko”ga qarshi saf tortadi.
Yarim finalning javob o‘yinida Angliyaning “Manchester Siti” klubini qabul qilgan “Real” 1:0 hisobida zafar quchdi. O‘yindagi yagona gol avvaliga Garet Beyl hisobiga yozilgan bo‘lsa, oradan biroz vaqt o‘tib UEFA rasmiy sayti uni avtogol deb e’lon qildi.Shu tariqa ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Real” finalda “Atletiko” bilan bellashadigan bo‘ldi. Ma’lumot uchun, Yevropa Chempionlar Ligasining 2013/14-yilgi mavsumi finalida ham Madrid klublari o‘zaro to‘p surgan va unda “Real” 4:1 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.
Yevropa Chempionlar Ligasi Yarim final. Javob o‘yini 4-may, chorshanba