Vyetnamda bayram nishonlanayotgan to‘rt kun davomida 111 kishi yo‘l-transport hodisalari qurboniga aylandi. Yana 138 kishi jarohat oldi. Bu haqda, mamlakat Yo‘l harakati xavfsizligi qo‘mitasi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Mamlakatda Birlashish kuni va Xalqaro mehnat kunini nishonlash davomida 150 dan ortiq yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. O‘rtacha har kuni 38 ta avariya yuz berdi. Eng ko‘p — 60 ga yaqin avariya 3-may, seshanba kuni sodir bo‘ldi.
“Sinxua” agentligining ta’kidlashicha, Vyetnam yo‘llaridagi o‘lim holatlari yuqori darajada qolmoqda. 2015-yilda 22 mingdan ortiq YTH qayd etilib, 8,7 ming kishi ularning qurboniga aylangan.
Izoh (0)