Chikagoda (AQSh, Illinoys shtati) istiqomat qiluvchi ayol Starbucks qahvaxonalar tarmog‘ini sudga berdi. Chicago Tribune nashriga ko‘ra, Steysi Pinkus kompaniyani sovuq ichimliklarga ko‘p miqdorda muz aralashtirib, mijozlarni chalg‘itishda ayblamoqda, deya xabar beradi “TASS”.
Da’voda bildirilishicha, Starbucks kompaniya tomonidan sotiladigan sovuq qahvada mazkur ichimlikning 700 millilitri borligini ta’kidlaydi. Aslida esa ko‘p miqdorda muz qo‘shilishi tufayli qahva hajmi 400 millilitrdan oshmaydi.
Ustiga-ustak, Starbucks tarmog‘ida sovuq qahva odatiy qaynoq qahvadan qimmat turadi. Shu bois Steysi Pinkus kompaniyani mijozlarga adolatsiz munosabatda ayblamoqda va 5 million dollar tovon undirish niyatida.
Izoh (0)