Moskvaning shimoli-g‘arbida selfi tushmoqchi bo‘lgan erkak 20-qavatdagi balkondan pastga quladi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralari vakillarining ma’lum qilishicha, 1-may, mahalliy vaqt bilan 17:00 da ismi keltirilmagan erkak 24 qavatli uyning 20-qavatidagi balkonga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan. Ammo u o‘zini tuta olmay, pastga qulagan.
Voqea yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)