Dunyo bo‘ylab sayohatni amalga oshirayotgan, quyosh batareyalaridan ishlovchi Solar Impulse 2 samolyoti AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Fransisko shahridan uchib chiqib, Arizona shtatidagi Finiks shahriga yo‘l oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Andre Borshberg boshqaruvidagi havo kemasi 1150 kilometr masofani bosib o‘tib, 16 soatda Finiksda qo‘nishi kutilmoqda.
Ilgariroq samolyot Gavayidan uchib chiqib, San-Fransiskoga yetib olgani xabar qilingan edi.
2015-yil 9-martida Abu-Dabidan dunyo bo‘ylab sayohatga jo‘nab, 3-iyulda Gavayiga yetib kelgan va nosozlik tufayli shu yerda qolgan quyosh batareyalarida harakatlanuvchi Solar Impulse 2 2016-yil 20-aprelida parvozini davom ettirishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)