O‘tgan haftada Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori janob Van Pen, OAV vakillari oldida o‘zining ilk chiqishini qilib, O‘zbekistonning yetakchi agentliklari ishtirokida matbuot anjumanida qatnashdi.
OAV vakillari orasida “Daryo”, UzReport TV, “InfoCOM.UZ”, ICTNews, “Ekonomicheskoye Obozreniye” jurnali, hamda “Maksima” radiosi bosh muharrirlari taklif etildi.
Anjumanning asosiy mavzusi Huawei’ning O‘zbekistondagi yutuqlari, dunyo bo‘yicha tanilayotgan yangi trendlar va ham mahalliy, ham global miqyosda kutilayotgan rivojlanishlar borasidagi fikrlar bo‘ldi.
Janob Van jurnalistlarga Huawei’ning O‘zbekistondagi asosiy biznes qadriyatlari borasidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashib, barcha qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. Shuningdek, bosh direktor Huawei eshiklari hamisha OAV vakillari uchun ochiqligini ta’kidlab, kelajakdagi loyihalar bo‘yicha yanada hamjihatroq bo‘lishni taklif etdi.
Izoh (0)