“Barselona” klubi darvozaboni Klaudio Bravo jarohati tufayli yaqin o‘yinlarda o‘z sheriklariga yordam bera olmaydi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
33 yoshli posbon “Betis”ga qarshi (2:0) Ispaniya chempionatining 36-tur uchrashuvida jarohat orttirib olgandi.
Kataloniyaliklar rasmiy saytining ma’lumotiga ko‘ra, 1-may, yakshanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tgan Bravoning o‘ng oyog‘i boldir mushaklari shikastlanganligi aniqlandi. Chililik futbolchining maydonga qaytish muddati ma’lum qilinmagan.
Joriy mavsumda Klaudio Bravo Ispaniya chempionati doirasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Izoh (0)