“Jabhat an-Nusra” guruhi terrorchilari va ularning muxolifat qurolli tuzilmalaridagi ittifoqchilari Aleppodagi turar-joy kvartallarini olti kundan buyon o‘qqa tutmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Manbalarda ma’lum qilinishicha, olti kun ichida otishmalar oqibatida 89 nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘lgan, 500 dan ortiq fuqaro jarohat olgan. Jabrlanganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.
Jangarilar tomonidan kurdlar istiqomat qiluvchi Xolidiya, Azimiya, Sulaymoniya, Masharika, Maydan va Jdeyda kvartallari, shuningdek, Ashrafiya va Shayx Maqsud tumanlari o‘qqa tutilgan.
30-aprel, shanba kuni o‘t ochmaslik rejimini buzgan holda Nil ko‘chasida o‘t ochilgan. U yerda bir nafar o‘smir halok bo‘lgan, yana bir necha kishi yaralangan. Suriyalik harbiylar Bani Zayd tumanidagi jinoiy tuzilmalar pozitsiyalariga nisbatan javob hujumini amalga oshirgan.
Izoh (0)