30-aprel, shanba kuni Rossiyaning Nijegorod viloyati Bor shahrida qurilayotgan binoda portlash sodir bo‘ldi, deb yozadi “Interfaks”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kompressor portlashi oqibatida to‘rt quruvchi halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari jarohat olgan va kasalxonaga yetkazilgan.
Portlash holati bo‘yicha tergovgacha bo‘lgan tekshiruv tashkil qilingan.
Ayni paytda imoratning ikkita qavati solingan, binoga yetgan zarar darajasi aniqlanmoqda.
Izoh (0)