AQShning Nevada shtatida yengil motorli samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Hodisa 30-aprel, shanba kuni kechki payt Klark okrugida ro‘y bergan. Extra EA300 firmasiga tegishli havo kemasi halokati sabablari hozircha ma’lum qilinmagan.
Samolyot Nevada va Kaliforniya shtatlarini bog‘lovchi shosse yaqiniga qulagan. AQSh transport xavfsizligi milliy boshqarmasi hodisa yuzasidan tekshiruv boshlanganini bildirgan.
Izoh (0)