Parlament besh nafar yangi vazirni tasdiqlash uchun yetarli kvorum to‘plolmagani sababli Iroq hukumati tarkibini shakllantirish masalasi 3-may, seshanbaga qoldirildi. Shialar yetakchisi Muqtado as-Sadr tarafdorlari uyushtirgan namoyishlar tufayli poytaxtda keskinlashgan vaziyat nazoratga olindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Bag‘doddagi vaziyat xavfsizlik kuchlari nazorati ostida. Namoyishchilarni buning uchun mo‘ljallangan hududlarga qaytish, jamoat va xususiy mulkka, shuningdek, Iroqning barcha fuqarolariga tegishli davlat muassasalariga ziyon yetkazmaslikka chaqiraman”, — deb ta’kidladi Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishchilarning aksariyati parlament yaqinidagi chodirli lagerga qaytgan. Biroq ular binoni o‘rab olib, u yerga hech kimni kirgizmayapti.
Izoh (0)