Bag‘dodda favqulodda holat e’lon qilindi, shaharga kirish yopib qo‘yilgan

Iroq poytaxti Bag‘dodda 30-aprel, shanba kuni kechki payt favqulodda holat e’lon qilindi. Istovchilar shaharni tark etishi mumkin, biroq poytaxtga barcha kirish manzillari yopib qo‘yilgan, deya xabar beradi “Vedomosti”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Iroqning shia yetakchilaridan biri Muqtado as-Sadr tarafdorlari bo‘lgan namoyishchilarning mahalliy parlamentga bostirib kirgani vaziyat murakkab tus olishiga sabab bo‘ldi. Namoyishchilar mamlakat hukumati tarkibida kutilayotgan o‘zgarishlarga norozilik bildirmoqda. Bosh vazir Haydar al-Abadiy namoyishchilar talabini qondirish va hukumat tarkibini shakllantirishga harakat qilmoqda, biroq parlamentda hukm surayotgan tartibsizliklar bunga imkon bermayapti.

Mamlakat aksilterror kuchlari yuz berayotgan voqealarni namoyish deb bilgani sababli vaziyatga hozircha aralashmaslikka qaror qilgan. Biroq mojaro keskin tus olsa, hukumatni himoya qilish uchun kuch ishlatishga to‘g‘ri kelishi bildirilgan.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing