Toshkentda shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Xotin-qizlar o‘rtasidagi tezkor shaxmatda Sarvinoz Qurbonboyeva O‘zbekiston chempioni bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Mamlakat chempionati shveysarcha tizimda o‘tkazildi. 7 turdan iborat musobaqada Sarvinoz Qurbonboyeva 7 imkoniyatdan 5 ochko jamg‘arib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Nodira Nodirjonova va Bahora Abdusattorova 4 tadan ochkoga ega bo‘ldi, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra Nodirjonova kumush medal bilan taqdirlandi. Abdusattorovaga bronza medali nasib qildi.
Izoh (0)