Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Seulga tashrifi chog‘ida Janubiy Koreya va KXDR termalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish istagini bildirdi, deb xabar beradi Bleacher Report.
“Biz hammani futbol maydoni atrofida birlashtirishimiz kerak. Men bunga har tomonlama yordam berishga va hissa qo‘shishga tayyorman”, – dedi Infantino.
Sky Sports jurnalisti Pol Vinnelning ta’kidlashicha, mazkur uchrashuv orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi taranglikni yumshatish maqsad qilingan.
Izoh (0)