26-aprel kuni “Manchester Siti” klubi Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final dastlabki o‘yinida “Real”ga qarshi bahs olib bordi. “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tgan mazkur bellashuvda 0:0 hisobi qayd etildi, deb xabar beradi “Chempionat”.
Yevrokubok bahslarida uy uchrashuvida qayd etilgan 0:0 hisobidan so‘ng faqatgina Moskvaning “Spartak” klubi “Real” to‘sig‘idan o‘tgan. 1990/91-yilgi Yevropa Chempionlar Kubogi chorak finalida “Spartak” jamoasi o‘z maydonida “Real” bilan 0:0 o‘ynagan bo‘lsa, javob o‘yinida 3:1 hisobida zafar quchgandi. Yarim finalda “Spartak” futbolchilari “Marsel”ga imkoniyatni boy bergan.
Izoh (0)