Buyuk Britaniyada Pero laqabli it xo‘jayinining bag‘riga qaytish uchun 380 kilometrdan ortiq yo‘lni bosib o‘tdi. Metro nashrining bildirishicha, jonivor Penrin-kok shahridan Kokermutgacha yurib kelgan.
Itning egasi — fermer Alan Jeyms Peroni boshqa shahardagi yangi dalasida qoldirib ketgan. Ammo it xo‘jayinini kutmasdan yo‘lga tushgan va 12 kun deganda uyga qaytib kelgan. 54 yoshli Jeyms buni podachi zotlar sutkalab to‘xtamay yo‘l bosishi mumkinligi bilan tushuntirmoqda.
Fermerning rafiqasi Shen yo‘lda itga kimlardir yemish berganini taxmin qilmoqda. Alanning o‘zi esa Pero qanday qilib yo‘ldan adashmaganidan hayratda ekanligini yashirmayapti.
Izoh (0)