O‘zbekiston terma jamoasi hamda Moskvaning “Lokomotiv” klubi himoyachisi Vitaliy Denisov bugun, 25-aprel kuni uni Moskva markazida topgan dastlabki to‘rt nafar muxlisga “Spartak” jamoasiga qarshi Rossiya chempionati 26-tur uchrashuviga chipta sovg‘a qiladi, deb xabar beradi “Chempionat”.
- Tor (Vitaliy Denisov – “Daryo” izohi) derbi chiptalari bilan sizlarni Bulvar halqa yo‘li atrofida kutadi. Chiptalarni olish uchun “Faqat ‘Loko’” parolini aytishingiz kerak bo‘ladi, – deyiladi “temiryo‘lchilar”ning Twitter’dagi sahifasida.
Тор уже в пути! Скоро мы объявим место, где первые четверо болельщиков получат билеты на дерби! pic.twitter.com/Gmp44bHM3v
— ФК «Локомотив» Москва (@fclokomotiv) April 25, 2016
Ma’lumot o‘rnida, Moskva derbisi maqomida o‘tadigan “Lokomotiv” – “Spartak” uchrashuvi 30-aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)